Kompaniya tarixi

«IMIR-TRADE GROUP» MChJ O’zbekistonda qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Ilk marta 2004-yil O’zbekiston bozoriga gazlangan ichimligi «PRIDE» savdo belgisi ostida kirib keldi. Shundan so’ng birin ketin «FRUCTIS» savdo belgisi ostidagi gazlangan ichimliklar (2007-yil), «BIOLIFE» savdo belgisi ostidagi qadoqlangan ichimlik suvi (2015-yil), «Moxito» savdo belgisi ostidagi gazlangan ichimlik (2016-yil), «Tima TEA» savdo belgisi ostidagi muzli choy (2017-yil) va «Sitro» savdo belgisi ostidagi gazlangan energetic ta’mli ichimlik (2018-yil) barcha viloyatlarimiz aholisining mehrini qozondi.

Kompaniyada mijozlarga mahsulotni yetkazib berish uchun maxsus transport vositalari mavjud. Shu bilan birgalikda chakana savdo nuqtalari bilan bevosita ishlash uchun mustaqil etkazib berish xodimlar mavjud.

«IMIR-TRADE GROUP» MChJ taransport parki tarkibida ISUZU, Gazelle, Ford, Mercedes, Sprinter, Hundai, Labo, Damas kabi avtomashinalar mavjud.

«IMIR-TRADE GROUP» MChJ kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi turli hududlarida 2004-yildan boshlab ishlab chiqarish maydonlarini kengaytira boshladi.

O’zbekistondagi ishlab chiqarish maydonlari:

  • Toshkent shahri, Keles tumanida
  • Toshkent shahar Bektemir tumanida
  • Denov shahrida
  • Samarqand shahrida.

«IMIR-TRADE GROUP» MChJ kompaniyasi Respublika bo’ylab 18 200 kvadrat metrga yaqin ishlab chiqarish maydonlari va omborlariga ega.